French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST: Yevropa va Markaziy Osiyoda qizamiq bilan kasallanish 75 foizga kamaygan
15:34 / 2026-02-12

Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida 2025-yilda qizamiq bilan kasallanganlar soni 2024-yilga nisbatan sezilarli darajada kamaydi, deb xabar bermoqda “Xovar” axborot agentligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga tayanib.

Ta’kidlanishicha, mazkur kamayish maxsus profilaktik chora-tadbirlar kuchaytirilgani, shuningdek, emlanish darajasi past hududlarda ko‘plab odamlar kasallanib bo‘lgani sababli infeksiyaga moyil aholi soni qisqargani bilan izohlanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: qizamiq eng yuqumli kasalliklardan biri hisoblanadi. Bir nafar bemor 18 kishigacha virus yuqtirishi mumkin. Kasallik og‘ir asoratlar, jumladan, o‘lim holatlariga olib kelishi, organizmning boshqa infeksiyalarga qarshi immunitet tizimini oylar va hatto yillar davomida susaytirishi mumkin.

Tibbiyot ekspertlari fikricha, qizamiqqa qarshi ikki marta emlanish 97 foizgacha umrbod himoyani ta’minlaydi. Jamoaviy immunitetni shakllantirish va kasallikning avj olishini oldini olish uchun aholining kamida 95 foizini emlash zarur.

D.Hakimov, O‘zA