Xitoyda COVID-19 tufayli og‘ir holatlar ko‘paygani jiddiy xavotir uyg‘otmoqda, JSST Xitoyni xavfli guruhdagilarni emlashga ko‘proq e’tibor qaratishga chaqiradi, deb bayonot berdi tashkilot rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus brifingda.
“JSST Xitoydagi vaziyat rivojidan juda xavotirda. Mamlakatda xastalikning og‘ir ko‘rinishlari soni oshmoqda”, dedi u.
Tedros Adxanom Gebreyesusning qo‘shimcha qilishicha, JSST Xitoyga sa’y-harakatlarini eng og‘ir guruhdagi odamlarni vaksinalashga qaratishiga yordam ko‘rsatadi.
"Xitoydagi ahvolga to‘g‘ri baho berish uchun JSSTga kasallikning qanchalik og‘irligi, kasalxonalarga yotqizilishi, tezkor davolash bo‘limlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yanada batafsilroq ma’lumotlar kerak", – deya aniqlik kiritdi u.
Xitoy sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan kuni mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq 2286 ta holat aniqlangan, ularning 2229 tasi mahalliy sharoitda yuz bergani aytilmoqda. 16 dekabr holatida Xitoyda jami 34 ming 334 kishi koronavirus bilan og‘rimoqda.