Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST va YUNISEF: Yevropadagi barcha maktablar ochiq bo‘lishi kerak
18:43 / 2021-08-30

Yangi o‘quv yili arafasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va YUNISEF Yevropadagi barcha maktablar ochiq va maktab xodimlari, bolalar uchun xavfsiz bo‘lishi kerak, degan talab bilan chiqdi.

“Pandemiya sabab eng katta uzilish ta’lim tizimida yuzaga keldi. Ta’lim uzluksiz davom etishi juda muhim”, – dedi JSSTning Yevopadagi mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge.

Yevropa mintaqasidagi 53 mamlakatdan 44 tasi 2020 yil aprel oyida pandemiyaning birinchi to‘lqini avj olgan paytida o‘z maktablarini yopgan edi. Garchi maktablarning aksariyati o‘sha yili sentyabr oyida qayta ochilgan bo‘lsa-da, kasallanish holatlarining keskin ko‘payishi sababli o‘nlab mamlakatlarda yangi cheklovlar joriy qilindi.

JSST va YUNISEF sakkizta tavsiyanomalar to‘plamini e’lon qildi. Maktablar karantin joriy qilinadigan oxirgi joylardan biri bo‘lishi kerakligi, o‘quv muassasalarida kasallikni aniqlaydigan testlar bo‘yicha samarali strategiyani joriy qilish, bolalarning ruhiy va ijtimoiy osoyishtaligini himoya qilish shular jumlasidandir.

www.theguardian.com sayti materiallari asosida

Gulrux Abdullayeva tayyorladi, O‘zA