Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST va YUNISEF: har yili 1,4 million kishi toza suv yetishmasligi sababli vafot etmoqda
16:52 / 2023-03-24

Dunyoda 2 milliard kishi toza ichimlik suvi iste’mol qilishdan mahrum, 3,6 milliard kishi esa, ya’ni sayyoramiz aholisining qariyb yarmi chiqindidan tozalanmaydigan kanalizatsiyalardan foydalanadi. Ushbu o‘ta xunuk raqamlarni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va BMTning bolalar fondi YUNISEF kuni kecha suv zaxiralariga bag‘ishlab 50 yilda ilk bor o‘tkazilayotgan tarixiy konferensiyada keltirib o‘tdi.

Ma’ruzada keltirilishicha, millionlab bolalar va oilalar oddiy sanitar-gigiyenik vositalar, hatto asosiy tozalik vositasi bo‘lgan sovundan foydalana olmaydi. Oqibat esa ko‘p hollarda fojiaga olib kelishi mumkin. Har yili kamida 1,4 million kishi, ularning aksariyati bolalar toza suv icholmaganidan va yomon sharoitda kun ko‘rayotgani sababli nobud bo‘lmoqda. Masalan, hozirda vabo kasalligi ko‘pgina mamlakatlarda tarqalmoqda.

Ayniqsa tozalik tartiblariga eng ko‘p amal qiladigan tibbiy muassasalarning qariyb yarmida, qo‘lni infeksiyadan tozalash uchun suv va sovun yoki spirt aralashmasi topilmaydi.

Toza suv va tozalik vositalarining yo‘qligi halokatli ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarga ham olib keladi. Chunki bolalar, ayniqsa qizlar xastalanadi va darslarga qatnasha olmaydi, butun boshli jamiyatlar suv yo‘qligidan uylarini tark etishga majbur bo‘lmoqda.

Shu bois JSST va YUNICYeF hukumatlarni suv va kanalizatsiya uchun davlat xarajatlarini oshirishga, ma’lumotlarni to‘plash va monitoring qilishning umumiy metodologiyasidan foydalanishga hamda xususiy sektor va fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikda ushbu sohada innovatsion va pilot yechimlarni ishlab chiqishga chaqiradi deyiladi mazkur hisobotda.