JSST: so‘nggi to‘rt haftada koronavirus tufayli o‘lim holati 46 foizga tushgan
20 fevraldan 19 martgacha dunyoda 3,7 milliondan ziyod odam koronavirusga chalingan. 26 ming bemor hayotdan ko‘z yumgan. O‘lim holati avvalgi oyga qaraganda 46 foizga tushgan. Virus yuqtirish holati esa 31 foizga qisqardi, deb xabar tarqatdi payshanba kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST).
JSSTning e’lon qilgan byulleteniga ko‘ra, o‘tgan to‘rt haftada sayyoramizda kasallanish bilan bog‘liq 3 million 738 ming 575 ta holat aniqlangan, 26 ming 147 kishi vafot etgan.
28 kun davomida eng ko‘p kasallanganlar AQSHda qayd etildi (792 ming 202). Undan keyingi o‘rinlarni Rossiya (339 ming 564), Xitoy (320 ming 29), Yaponiya (291 ming 672) va Germaniya (281 ming 468) egallagan. 20 fevraldan 19 martgacha eng ko‘p o‘lim holati ham AQSHda (8 ming 187) ro‘yxatga olingan. Undan keyin o‘rinlarda Buyuk Britaniya (2 ming 474), Yaponiya (1 ming 898), Braziliya (1 ming 587) va Xitoy (1ming 472) bormoqda.