Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST: so‘nggi to‘rt haftada koronavirus tufayli dunyo bo‘yicha o‘lim ko‘rsatkichi 65 foizga ortgan
19:33 / 2023-02-02

2 yanvardan 29 yanvargacha qariyb 20 million kishi koronavirusga chalingan, 114 mingdan ortiq bemor vafot etdi. O‘lim holatlari soni avvalgi 28 kun bilan solishtirganda 65 foizga ortgan, deb yozmoqda TASS agentligi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) axborot byulleteniga ko‘ra, o‘tgan to‘rt haftada koronavirusga chalinish bo‘yicha 19 million 955 ming 978 ta holat qayd etilgan va  114 ming 372 bemor vafot etgan.

Koronavirus yuqtirish holatlari, ayniqsa, Xitoy, Yaponiya, AQSH, Koreya Respublikasi va Braziliyada ko‘p kuzatildi.  

JSST ma’lumotiga ko‘ra, 1 fevral holatida pandemiya boshlangandan  buyon sayyoramizda koronavirus bilan  kasallanganlar soni 753 million 651 ming 712 kishini tashkil etdi.  6 million 813 ming 845 bemor hayotdan ko‘z yumgan.