French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST rahbari Suriyaning Idlib viloyatiga boradi
10:31 / 2023-02-13

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori (JSST) Tedros Adxanom Gebreyesus Suriyaning rasmiy hukumati nazorat qilmayotgan Idlib viloyatiga safar qiladi.

"Men front chizig‘i orqali zilzila oqibatlari juda ayanchli, deyilayotgan shimoli-g‘arbga (Idlib viloyati) safar qilishni rejalashtirmoqdaman", - deya aniqlik kiritgan Tedros Adxanom Gebreyesus brifingda.  

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila oqibatida Suriyada  taxminan 8,5 ming kishi halok bo‘lgan.  

Avvalroq Idlib gubernatori Sair Salxab Suriya hukumati Idlib viloyatiga gumanitar yordam yetkazishga tayyor ekanini ma’lum qilib, biroq jangarilar bunga to‘sqinlik qilayotganini ta’kidlagandi.  

6 fevralda Turkiyaning Qahramonmarash viloyatida birin-ketin ikki marta 7,7 va 7,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila zarbidan Suriya  ham katta zarar ko‘rgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halokat sababli Turkiyada qurbon bo‘lganlar soni 29 ming 605 kishiga yetgan.