Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST rahbari: Byudjet qisqaradi
16:58 / 2025-05-20

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan byudjeti AQSH tashkilotdan chiqishi munosabati bilan 21 foiz qisqartirildi. Bu haqda JSST Bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus sog‘liqni saqlash bosh Assambleyasi 78-sessiyasi ochilishida ma’lum qildi.

– Shu hafta 4,2 milliard dollar qisqargan byudjet ko‘rib chiqiladi, – degan mulozim. – Bu 5,3 milliard dollarlik dastlabki taklif qilingan miqdordan 21 foiz kam.

Qo‘shimcha qilinishicha, tashkilot mavjud resurslarni hisobga olgan holda a’zo davlatlarning hamma so‘rovini bajara olmaydi.

Prezident Donald Tramp mamlakati JSSTdan chiqishi to‘g‘risidagi farmonni imzolagan. Yangi ma’muriyat mazkur tuzilma samarasiz, siyosiy ta’sir ostida faoliyat ko‘rsatib, Qo‘shma Shtatlardan juda ko‘p mablag‘ talab qilayotganini ta’kidlab keladi.