Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST: oxirgi sutkada dunyoda 283 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi
11:47 / 2021-06-16

Sog‘liqni saqlash vazirligining Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga asoslanib bergan xabariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 175 million 987 mingdan ortiqni tashkil etmoqda,

shundan 3 million 811 mingdan ziyod kishi vafot etgan (15.06.2021 yil Yevropa vaqti bilan soat 17:21 holatiga ko‘ra).  

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 283 487 yangi holati aniqlandi. 7 814 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (16.06.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:21 holati) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni  

176 million 642 mingdan ortiq odam yuqtirgan,  ulardan 3 million 822 mingdan ortig‘i vafot etgan. Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha:

AQSH birinchi o‘rinda turibdi, u yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra 33,140 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.  

Ikkinchi o‘rinda Hindiston (29,570 milliondan ortiq),  

uchinchi o‘rinda Braziliya (17,412 milliondan ortiq),

to‘rtinchi o‘rinda Fransiya (5,636 milliondan ortiq),  

beshinchi o‘rinda esa Turkiya (5,336 milliondan ortiq).

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka davomida AQSHda 8 197, Hindistonda 60 471, Braziliyada 37 948, Fransiyada 407, Turkiyada esa 5 626 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Jons Xopkins universitetining hozirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 2 milliard 405 milliondan ortiq doza vaksina qo‘llanilgan.