Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST: oxirgi sutka davomida dunyoda 658 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi
12:05 / 2021-05-17

Sog‘liqni saqlash vazirligining Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga asosan bergan xabariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 162 million 177 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 3 million 364 mingdan ziyod kishi vafot etgan (16.05.2021 yil Yevropa vaqti bilan soat 17:02 holatiga ko‘ra).

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 658 585 yangi holati aniqlandi. 12 034 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (17.05.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:20 holati) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni  

163 million 072 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 379 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha:

AQSH birinchi o‘rinda turibdi, u yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra 32,574 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.  

Ikkinchi o‘rinda Hindiston (24,684 milliondan ortiq),  

uchinchi o‘rinda Braziliya (15,519 milliondan ortiq),  

to‘rtinchi o‘rinda Fransiya (5,769 milliondan ortiq),  

beshinchi o‘rinda esa Turkiya (5,106 milliondan ortiq).

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka davomida AQSHda 40 431, Hindistonda 311 170, Braziliyada 85 536, Fransiyada 15 685, Turkiyada esa 11 472 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

JSSTga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 1 milliard 264 milliondan ortiq doza vaksina qo‘llanilgan.