Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST: oxirgi sutka davomida dunyoda 508 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi
16:29 / 2021-05-25

Sog‘liqni saqlash vazirligining Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga asosan bergan xabariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 166 million 860 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 3 million 459 mingdan ziyod kishi vafot etgan (24.05.2021 yil Yevropa vaqti bilan soat 14:50 holatiga ko‘ra).

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 508 074 yangi holati aniqlandi. 10 807 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (25.05.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 14:20 holati) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni 167 million 345 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 474 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha:

AQSH birinchi o‘rinda turibdi, u yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra 32,783 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.  

Ikkinchi o‘rinda Hindiston (26,752 milliondan ortiq), uchinchi o‘rinda Braziliya (16,047 milliondan ortiq), to‘rtinchi o‘rinda Fransiya (5,820 milliondan ortiq), beshinchi o‘rinda esa Turkiya (5,186 milliondan ortiq).

Jons Xopkins universitetining hozirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 1 milliard 702 milliondan ortiq doza vaksina qo‘llanilgan.