French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST “omikron”dan himoyalanish uchun niqob taqib yurishni tavsiya qilmoqda
12:06 / 2022-08-20

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) kelayotgan kuz va qish mavsumida odamlarni “omikron”dan himoyalash uchun vaksinatsiyalashni kengaytirish va niqob taqib yurishni rag‘batlantirish maslahatini bermoqda, deb yozmoqda RIA Novosti tashkilotning Yevropa byurosi bergan ma’lumotiga tayanib.

"Epidemiologiya bilan bog‘liq vaziyat mamlakatdan mamlakatga farqlanadi va kelayotgan kuz  va qish uchun tayyorgarlik doirasida JSST mamlakatlarni infeksiya tarqalishi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rib qo‘yishga va o‘zlarining sog‘liqni saqlash tizimiga bosim quchayishiga tayyor turishi kerakligini ta’kidlaydi", - deyiladi ekspertlarning keltirgan  izohlarida. 

Ekspertlarning ta’kidlashicha, kelayotgan kuz va qishda odamlarni himoyalash uchun aholini buster dozasi bilan vaksinatsiyalash kerak bo‘ladi. 
JSSTning maslahat berishicha, odamlar yopiq xonalarda, transportlarda  niqob taqib yurishni kanda qilmasligi lozim, shuningdek, ko‘p odam to‘planadigan joylarda havo aylanishi ta’minlangan bo‘lishi kerak.