Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST maymun chechagi virusini aniqlaydigan ilk testni tasdiqladi 
15:53 / 2024-10-07

Ma’lumki, joriy yilning avgust oyida Mpox (maymun chechagi) virusi keng tarqalgani bois, Afrika mintaqasida favqulodda holat e’lon qilingan edi.

Shundan so‘ng sentyabr oyida ushbu infeksiyaga qarshi ilk vaksina JSSTning dastlabki kvalifikatsiyasidan o‘tdi. 

Biroq kasallikka tashxis qo‘yish jarayoni uzoq vaqt talab etishi va qator hududlarda diagnostika imkoniyatlari cheklangani tufayli virusning tarqalishi tezlashib ketayotgan edi. Shundan kelib chiqqan holda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymun chechagini tezkor aniqlaydigan birinchi ekspress-testni tasdiqladi. “Abbott Molecular Inc.” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu sinama “Alinity m MPXV” deb nomlanadi. 

PZR-testdan, birinchi navbatda, epidemiya avj olgan hududlar hamda tezkor va aniq diagnostika vositalariga ehtiyoj keskin oshgan mamlakatlarda foydalanishga ruxsat berildi. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA