JSST mart oyigacha pandemiya bilan bog‘liq vaziyat tubdan o‘zgarishiga umid bildirmoqda
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 ga qarshi ilk vaksinani kelasi yilning mart oyigacha olishni mo‘ljallamoqda. O‘shandagina pandemiya bilan bog‘liq vaziyat tubdan o‘zgaradi, deb bayonot berdi JSST bosh direktorining maslahatchisi Bryus Eylvard.
"Mart oyigacha bizda nafaqat pandemiyaga qarshi ishlatiladigan barcha himoya vositalari (deksametazon, ventilyatorlar, tezkor test), balki vaksina ham tayyor bo‘ladi", - dedi Eylvard Jenevada bo‘lib o‘tgan Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 73 sessiyasida so‘zga chiqib.
Bundan tashqari, JSST 2021 yil mart oyigacha odamlarning o‘zlari ham mustaqil ravishda verusga qarshi testni amalga oshira oladigan vositalar paydo bo‘lishini ta’kidlagan. Kelasi yilning birinchi choragida JSST COVID-19 ga qarshi vaksinani yetkazib berishning tezkor dasturini amalga oshirishga tayyor bo‘ladi. Shulardan kelib chiqib aytish mumkinki, kelasi yilning mart oyiga kelib COVID-19 bilan bog‘liq dunyodagi vaziyat tubdan o‘zgaradi, deyiladi xabarda.