Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST koronavirusga yangidan chalinish holatlari ortib borayotganligini ma’lum qildi
10:03 / 2021-03-23

Yevropa va boshqa mintaqalarda koronavirusga yangidan chalinish holatlari miqdori oshmoqda, deyiladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotida.

Tashkilot vakillarining fikricha, bu suratning oshishiga virusning yuqumli turlari sabab bo‘lmoqda.

Tashkilotning bosh tahlilchisi Mariya Van Kerkxovening aytishicha, COVID-19 qurbonlarining dunyodagi umumiy miqdorida keyingi bir oy davomida ilk marta o‘sish qayd etilgan.  

Ayni paytda dunyo bo‘yicha kasallikka chalinganlar 8 foizga oshgan. Yevropada bu ko‘rsatkich 12 foiz, Amerika va Afrikada esa virus yuqtirish bilan bog‘liq yangi holatlar miqdorida pasayish kuzatilgan.