Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST koronavirusdan antibiotiklar bilan davolanmaslikni tavsiya qilmoqda
16:46 / 2020-11-19

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ogohlantirishicha, Yevropada ushbu preparatlardan noto‘g‘ri foydalanish kasallikning antibiotiklarga chidamlilik xavfini oshirishi mumkin.

"Antibiotiklar kasallikni davolamasligi va infeksiyaning oldini olmasligi ma’lum ekaniga qaramay, tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, to‘qqizta mamlakatda va Yevropaning boshqa hududlarida odamlarning antibiotiklardan foydalanishi pandemiya davrida ko‘paygan", — deyiladi JSSTning Yevropa byurosi saytida e’lon qilingan xabarda.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, antibiotik qabul qilgan odamlarning 79-96 foizi COVID-19 bilan kasallanmagan, biroq koronavirusga chalinmaslik uchun dori ichishgan. Kasalxonaga yotqizilgan bemorlarning 15 foizi antibiotiklarga ehtiyoj sezishgan, chunki ularda shunga o‘xshash bakterial infeksiya bo‘lgan, biroq bemorlarning 75 foiziga antibiotiklar buyurilgan.

JSSTning ta’kidlashicha, sefalosporinlar turkumidagi antibiotiklarning to‘rttala avlodi ham o‘z samaradorligini to‘xtatishi mumkin, chunki Yevropadagi qator tibbiy muassasalar pandemiya boshlanganda virusni shunga o‘xshash preparatlar bilan davolashga uringan, deyiladi xabarda.