English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST koronavirus profilaktikasiga doir ikki yillik dastur ishlab chiqdi
20:34 / 2023-05-04

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyoda koronavirus pandemiyasi o‘tkir bosqichini tugatish va infeksiyaning oldini olishga qaratilgan ikki yillik dasturni e’lon qildi. Hujjat 2023 yil apreldan 2025 yil aprelgacha bo‘lgan davrni qamrab olgan.

JSST rahbari Tedros Gebreyesus tushuntirishicha, 2022 yilda qabul qilingan avvalgi dasturda belgilangan ikki strategik maqsad, ya’ni SARS-CoV-2 tarqalishi va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish uchun tashhis qo‘yish hamda davolash qamrovini kengaytirish masalasi dolzarbligicha qolmoqda. Shu bois tashkilotning yangi strategiyasida bu ikki maqsad saqlab qolindi va yangi yana bir maqsad qo‘shildi: uzoq muddatli barqaror profilaktik choralarni ko‘rishda mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash.

Shuningdek, hujjatda koronavirus asorati va davomli COVID bilan bog‘liq muammoni hal qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Bunday holat koronavirus yuqtirgan bemorlarning, taxminan, 6 foizida kuzatilyapti.

JSST tahliliga ko‘ra, dunyo aholisining koronavirusga qarshi to‘liq emlanish qamrovi 66 foizni tashkil qilmoqda.

Bu ko‘rsatkich tibbiyot xodimlari orasida 89, keksalar o‘rtasida 82 foizga teng. Afsuski, kam daromadli mamlakatlarda mazkur nisbat mos ravishda 52 va 35 foizni ko‘rsatyapti.

O‘zA