JSST kelasi yoz o‘rtasigacha sayyoramiz aholisining 70 foizini emlashga chaqirdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus davlatlarni 2022 yil 1 iyulgacha sayyoramiz aholisining 70 foizini emlab bo‘lishga chaqirdi.
"Dunyo yetakchilarini pandemiyaga qarshi umumiy kurashga tahdid solayotgan o‘zlarining populistik siyosatini hamda shaxsiy manfaatlarini bir chetga surib qo‘yishga va 2022 yilning o‘rtalarigacha aholining 70 foizini emlashga chaqiraman. Bizda 70 foiz aholini emlab bo‘lish uchun 185 kun qoldi. Vaqt ketmoqda", – dedi Gebreyesus COVID-19 aniqlanganiga ikki yil to‘lishi munosabati bilan Jenevada tashkil etilgan matbuot anjumanida.
S.Rahimov