English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST: Global iqlim o‘zgarishi yiliga 250 ming kishining o‘limiga sabab bo‘ladi
10:47 / 2023-12-05

Bugun insoniyat yana bir global tahdid qarshisida turibdi. Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq bu muammoning asorati butun sayyoramiz aholisi salomatligiga jiddiy xavf solmoqda. Anomal issiq, suv toshqini, o‘rmon yong‘ini, muz erishi, dengiz sathi ko‘tarilishi... Ayni omillar Yer sharining turli nuqtalarida o‘lim holati ko‘payishi, kasallik soni ortishiga olib kelyapti.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti so‘nggi tahliliga ko‘ra, keyingi 20 yil ichida 65 yoshdan katta insonlar o‘rtasida jazirama haroratdan vafot etish ko‘rsatkichi 70 foiz oshgan. Bundan tashqari, toza ichimlik suvi tanqisligi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklardan o‘lim holatining asosiy sabablaridan biriga aylangan. Qolaversa, havo ifloslanishi tufayli kelib chiqadigan xastaliklar har yili 7 million kishini hayotdan erta olib ketmoqda.

JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus fikricha, agar vaziyat o‘nglanmasa, kelgusi o‘n yillikda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq omillar har yili 250 ming kishining umriga zomin bo‘lishi mumkin. Zero, hozir uch milliarddan ko‘p odam ekologik murakkab mintaqalarda yashamoqda.