Isroil harbiy hujumi kuchayishi bilan G‘azoda tibbiyot sohasi falaj holatga keldi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lum qilishicha, faqat shu oyning o‘zida shimoliy anklavdagi to‘rt shifoxona yopildi.
— G‘azoda atigi 14 kasalxona faoliyat ko‘rsatmoqda, — dedi JSST matbuot kotibi Tarik Yasarevich. — Shahardagi qolgan sakkiz shifoxona va bir dala tibbiy muassasasidagi vaziyat juda og‘ir.
Davolash maskanlari faoliyati to‘xtashi qo‘shin shaharga chuqurroq kirib kelishi bilan bog‘liq. Isroil mudofaa kuchlari mas’ullari aytishicha, harbiy amaliyotdan maqsad hududdan HAMAS jangarilarini haydab chiqarish.
— Rasman evakuatsiya qilinmasa-da, kasalxonalarga kirish qiyin, —
dedi mulozim Jenevada jurnalistlarga. — Yaqin atrofda jang ketyapti. Demak, majmualar butunlay ishdan chiqishi mumkin.
Anklavdagi barcha kasalxonalar va dala tibbiy yordam maskanlarining deyarli yarmi G‘azoda.
1 sentyabrdan beri sektor shimolidagi to‘rt manzil – Al-Rantisiy bolalar shifoxonasi, Oftalmologiya klinikasi, Sent-Jon kasalxonasi va Hamada reabilitatsiya va protezlash majmuasi faoliyat ko‘rsatmayapti.
S.Rahimov, O‘zA