Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST: dunyodagi har to‘rtinchi tibbiyot muassasasida suv ta’minoti mavjud emas
12:18 / 2020-12-14

Kasalxonalarda suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolar sabab dunyoda taxminan 1,8 milliard odam koronavirus va boshqa yuqumli kasalliklarga chalinish xavfi ostida qolishi mumkin.

Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) saytidagi xabarda qilingan.  

Tashkilot bayonotiga  ko‘ra, dunyodagi har to‘rtinchi tibbiyot muassasasida suv ta’minoti mavjud emas, har uchinchisida zarur gigiyena vositalari yo‘q.

"Suv, sanitariya va gigiyena masalasi sog‘liqni saqlash xodimlari va bemorlarning xavfsizligi uchun juda muhimdir, ammo bu xizmatlarga har doim ham katta ahamiyat berilmaydi"- deyiladi bayonotda.  

JSST Bosh direktori Tedros Adanom Gebreisusning ma’lum qilishicha, tibbiyot xodimlarining muassasalarda tegishli gigiyena saqlanmaganligi, himoya vositalarisiz ishlashga tengdir.