Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST: dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 170 million 426 mingdan oshdi
13:07 / 2021-06-02

Sog‘liqni saqlash vazirligining Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumoti asosida bergan xabariga ko‘ra, oxirgi sutka davomida dunyoda 352 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi.

Hozirda dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 170 million 426 mingdan ortiqni tashkil etmoqda,  

shundan 3 million 548 mingdan ziyod kishi vafot etgan (01.06.2021 yil Yevropa vaqti bilan soat 17:06 holatiga ko‘ra).  

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 352 685 yangi holati aniqlandi.

8 055 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (02.06.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 11:23 holati) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni 171 million 184 mingdan ortiq odam yuqtirgan,  

ulardan 3 million 565 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha:

AQSH birinchi o‘rinda turibdi, u yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra 32,929 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.  

Ikkinchi o‘rinda Hindiston (28,175 milliondan ortiq),  

uchinchi o‘rinda Braziliya (16,515 milliondan ortiq).

Jons Xopkins universitetining hozirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 1 milliard 934 milliondan ortiq doza vaksina qo‘llanilgan.