Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST: dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 167 million 492 mingdan oshdi
14:49 / 2021-05-27

Dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi qo‘llanilgan vaksinalar soni 1 milliard 741 million dozadan oshdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining JSST ma’lumotlariga asosan bergan xabariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 167 million 492 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 3 million 482 mingdan ziyod kishi vafot etgan (26.05.2021 yil Yevropa vaqti bilan soat 16:48 holatiga ko‘ra).

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 461 347 yangi holati aniqlandi.

10 628 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (27.05.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 13:20 holati) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni

168 million 427 mingdan ortiq odam yuqtirgan,

ulardan 3 million 498 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha:

AQSH birinchi o‘rinda turibdi, u yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra 32,820 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.

Ikkinchi o‘rinda Hindiston (27,157 milliondan ortiq),

uchinchi o‘rinda Braziliya (16,120 milliondan ortiq).

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka davomida AQSHda 22 239, Hindistonda 208 921, Braziliyada 37 498 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Jons Xopkins universitetining hozirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 1 milliard 741 milliondan ortiq doza vaksina qo‘llanilgan.