Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST dunyo bo‘yicha COVID-19 qurbonlarining haqiqiy sonini ma’lum qildi
19:09 / 2021-05-24

Dunyo bo‘yicha COVID-19 qurbonlari soni 6-8 million kishini tashkil etadi, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktorining ma’lumotlar va tahlillar bo‘yicha yordamchisi Samira Asma kuni kecha o‘tkazgan brifingda.

– Pandemiya hozir ham rivojlanmoqda. Pandemiyadan vafot etganlar soni 6-8 million kishini tashkil etishi mumkin, — dedi u.

JSST ma’lumotiga ko‘ra, 2020 yil yanvardan 31 dekabrgacha rasman 1 million 813 ming 188 kishining o‘limi ro‘yxatga olingan. Biroq o‘tgan yili COVID-19 dan vafot etganlarning umumiy soni dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, kamida 3 million kishini tashkil etadi. Gap shundaki, barcha o‘limlar ham hisobga olinmagan yoki boshqa kasallik bilan bog‘liq holda hisobga olingan.

Ushbu statistikani inobatga olgan holda, JSST ekspertlarining taxminicha, ayni paytda virus tufayli vafot etganlarning umumiy soni rasman e’lon qilingan qurbonlar sonidan kamida 2-3 barobar ko‘pdir.

"Bizning hisob-kitobimizcha, ayni paytda 3,4 million kishi vafot etgani haqida xabar berilgan. Pandemiya rivojlanmoqda, shunday ekan bizning hisob-kitobimiz ham o‘zgarib boradi. Biroq ayni damda koronavirusdan 3,4 million kishi qurbon bo‘lgani rasman e’lon qilingan, ammo haqiqiy ko‘rsatkich rasmiy ma’lumotdan 2-3 barobar ortiq bo‘lishini hisobga oladigan bo‘lsak, bu 6-8 million kishini tashkil etadi", deya qo‘shimcha qildi Asma.