Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST: COVID-19 tufayli o‘lim holatining 99 foizi emlanmaganlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda
15:05 / 2021-09-22

COVID-19ning og‘ir holatini boshdan kechirayotganlarning hamda hayotdan ko‘z yumayotganlarning 99 foizi emlanmagan bemorlarda kuzatilmoqda, deb bayonot berdi JSST ning rasmiy vakili Margaret Xarris Jenevada tashkil etilgan brifingda.

«Koronavirus bilan kasalxonaga yotqizilayotgan va vafot etganlarning 99 foizi, bu emlanmagan odamlardir», — dedi u.

Xarrisning ta’kidlashicha,  vaksina qabul qilish  kasalxonaga tushishning hamda kasallik og‘ir kechishining oldini oladi.

JSSTning 20 sentyabrda bergan ma’lumotida keltirilishicha,  dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 228 million 394 ming 572  ta holat ro‘yxatga olingan, 4 million 690 ming 186 kishi COVID-19 qurboni bo‘lgan.