Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST: COVID-19 pandemiyasi hali tugamagan
15:14 / 2022-07-13

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesusning fikricha, COVID-19 koronavirus pandemiyasi tez orada tugamaydi.

Ushbu bayonotni “Le Mond” nashri tarqatdi.

“Pandemiya hali-veri tugamaydi. Virus tarqalishi, kasalxonada davolanish holatlari ko‘paymoqda. Hukumatlar sinovdan o‘tgan choralar - niqob taqib yurish, xonalarni shamollatib turish, shuningdek, test sinovini amalga oshirishda davom etishlari kerak” dedi tashkilot rahbari.

JSST mamlakatlarni “besh va undan katta yoshdagi immuniteti kuchsiz yoki jiddiy darajada zaiflashganlar hamda ularning yaqinlarini buster, ya’ni keyingi bosqich vaksinasini olishga ham chaqirdi.

So‘nggi ikki hafta ichida dunyo bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanish 30 foiz oshgani ta’kidlanmoqda. 11 iyul holatiga ko‘ra, JSST dunyoda jami 552,5 milliondan ziyod kishiga ushbu virus yuqqanini tasdiqladi.

JSST pandemiya bilan bog‘liq “sog‘liqni saqlash bo‘yicha xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat” davom etayotganini qo‘shimcha qilgan.