Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST COVID-19 kelib chiqishini o‘rganishni qayta boshlamoqchi
12:39 / 2021-09-27

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 20 nafar olimdan iborat yangi guruh tuzib, COVID-19 virusi kelib chiqishini o‘rganishni qayta boshlashni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Yangi patogenlar kelib chiqishi bo‘yicha ilmiy maslahat guruhi, deb nomlanadigan ushbu olimlar guruhiga COVID-19 laboratoriyalarda paydo bo‘lganmi yoki bosh yo‘l bilanmi, degan savolga javob topish hamda kelgusida paydo bo‘ladigan  viruslar  va insonlarning o‘zini tutishi haqida keng qamrovli tadqiqotlar o‘tkazish vazifasi yuklatiladi, dedi JSST rasmiy vakili nashrga.

Xabarda yozilishicha, olimlar jamoasi laboratoriya xavfsizligi va biohimoya bo‘yicha mutaxassislar, shuningdek, genetika va hayvon kasalliklari sohasida faoliyat olib borayotgan ekspertlardan tashkil topadi.

AQSH rasmiy vakillari, jumladan davlat kotibi Entoni Blinken JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesusdan  COVID-19 kelib chiqishini o‘rganishni qayta boshlashni talab qilib kelayotgandi.