Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST COVID-19 bilan kasallanish holatlari ko‘paygani haqida ma’lum qildi
15:01 / 2023-12-25

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari soni bir oy ichida 52 foizga oshdi. Bu haqda “TASS” axborot agentligi ma’lum qildi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 20 noyabrdan 17 dekabrga qadar dunyoda 854 ming kasallanish va 3 005 o‘lim holatlari qayd etilgan. 

JSST ma’lumotlari mintaqalarda bir xil bo‘lmagan kasallanish va o‘lim hollaridan dalolat bermoqda. Janubi-sharqiy Osiyoda koronavirusga chalinish holatlari soni ortdi, o‘lim esa uch baravarga ko‘paydi. Afrikada kasallanganlar 77 foizga ko‘proq, o‘lganlar esa 50 foizga kamroq qayd etildi. Yevropada kasallanish darajasi 54 foizni tashkil etib, o‘lim soni 14 foizga ortgan. O‘sha vaqtda Amerika mintaqasida kasallanish holatlari 23 foizga, o‘lim holatlari esa 48 foizga kamaydi. Sharqiy O‘rta yer dengizida 51 foizga kamroq odam kasallandi, o‘lim ko‘rsatkichlari esa 65 foizga pasaydi. 

Aziza Alimova tayyorladi, O‘zA