Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST bezgakka qarshi ilk vaksinani tasdiqladi
19:38 / 2021-10-07

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Afrika mamlakatlarida ko‘p yillar davomida o‘tkazilgan sinovlardan so‘ng dunyodagi ilk bezgakka qarshi vaksina – “Mosquirix”ni qo‘llashni ma’qulladi. Bu haqda Deutsche Welle agentligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2019 yildan beri JSST Gana, Keniya va Malavida 800 mingdan ortiq bolalarda ushbu vaksina samaradorligini o‘rgangan.

JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus ushbu voqeani “tarixiy lahza” deb atadi va vaksinadan butun dunyo foydalanishi mumkinligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 1987 yilda Britaniyaning GlahoSmithKline farmatsevtika kompaniyasi (GSK) tomonidan bezgakka qarshi “RTS”, “S” va “Mosquirix” vaksinalari ishlab chiqilgan edi.

Ammo Afrikada har yili 400 mingga yaqin fuqaro bezgakdan vafot etadi, ularning ko‘pi besh yoshgacha bo‘lgan bolalardir. Taqqoslasak, 2019 yilda mamlakatda 386 ming kishi bezgak qurboni bo‘lgan, 212 ming kishi esa COVID-19dan vafot etgan.

– Afrikalik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan ushbu vaksina bezgakning oldini olish vositasi sifatida har yili o‘n minglab yoshlarning hayotini saqlab qolishi mumkin, – degan JSST bosh direktori.

Bezgak – odamlarga chivin chaqishi orqali yuqadigan kasallikdir. Unda isitma, titroq, taloq va jigar kengayishi hamda kamqonlik kabi alomatlar kechadi. Har yili taxminan 350-500 million kishi ushbu kasallikka chalinadi. Ularning taxminan 1,3-3 millioni esa vafot etadi.