Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST: 2024 yil 1,3 million odam OITSga chalingan
10:32 / 2025-12-02

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2024 yil umuman kasallanish kamayganiga qaramay, 1,3 millionga yaqin odam OITS bilan kurashganini e’lon qildi. Boshqacha aytganda, ayni payt dunyo bo‘ylab taxminan 40,8 million odam ushbu xastalikdan aziyat chekmoqda, 630 000 kishi OITS bilan bog‘liq sabab vafot etgan. JSST 1 dekabr kuni nishonlangan "Jahon OITSga qarshi kurash kuni" munosabati bilan “To‘siqlarni yengib o‘tish, OITSga qarshi kurashni kuchaytirish” mavzusida yangi hisobot e’lon qildi.

Hujjatda mazkur ofatning oldini olishga yordam beradigan yangi vosita va xizmatlarga sarmoya kiritish muhimligi qayd etilgan. Hukumatlar va hamkorlar infeksiyani kamaytirish, sog‘liqni saqlash tizimidagi asosiy to‘siqlarni bartaraf etish uchun JSST tomonidan tasdiqlangan usullardan foydalanish imkoniyatini samarali kengaytirishga chaqirilgan.

Hisobot mualliflari qayd etishicha, OITSga qarshi global miqyosda kurashish uchun ajratilayotgan mablag‘ miqdori sezilarli darajada qisqargan. Shunga qaramay, masalan, yiliga ikki marta qo‘llanishi mumkin bo‘lgan "Lenakapavir" nomli preparat JSST tomonidan marketing qilinishi va ma’qullanishi bilan 2025 yil sezilarli yutuqlarga erishildi.

– OITSga qarshi kurashda xalqaro moliyalashtirish qisqarishi, profilaktika ishlari to‘xtab qolishi kabi jiddiy muammolarga duch kelyapmiz, – deydi JSST Bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus. – Bizda epidemiya tarqalishiga aks ta’sir ko‘rsata oladigan samarali yangi vositalar mavjud. Kasallanish xavfi ostidagi barcha insonlar shu muhim imkoniyatdan foydalanishini ta’minlash barcha davlatlar, daxldor tuzilmalar uchun eng muhim vazifa bo‘lishi lozim.

Go‘zal Sattorova, O‘zA