Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jozef Merante: Shavkat Mirziyoyevning saʼy-harakatlari tufayli Oʻzbekiston koronavirusdan eng kam aziyat chekkan davlatlardan biri boʻlib turibdi
17:30 / 2020-04-25

“Men butun Oʻzbekiston ahlini muqaddas Ramazon oyi bilan qutlab, oʻzbek xalqiga tinchlik, osoyishtalik va farovonlik tilayman.


Oʻzbekiston Respublikasining AQSHdagi elchixonasi taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan respublikada koronavirus tarqalishining oldini olish, pandemiyaning iqtisodiyotga va oddiy odamlar turmushiga salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida olib borilayotgan keng koʻlamli harakatlar Qoʻshma Shtatlar ekspertlar jamoatchiligi tomonidan yuqori baholanmoqda.

Kuni kecha “Xampti Dampti instituti” direktori Jozef Merante mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyat va hukumat tomonidan mavjud tanglikka qarshi koʻrilayotgan choralar haqidagi taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

Diplomatik missiyamiz vakillarining aytishicha, janob Merante oʻz bayonotida, jumladan, shunday degan:

“Men butun Oʻzbekiston ahlini muqaddas Ramazon oyi bilan qutlab, oʻzbek xalqiga tinchlik, osoyishtalik va farovonlik tilayman.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda COVID-19 kasalligini bartaraf etish uchun ulkan ishlarni bajaryapti. Buning natijasida Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda koronavirus taʼsiri eng kam sezilayotgan mamlakat boʻlib turibdi.

Ishonchim komilki, Oʻzbekiston birinchilardan boʻlib rasmiy delegatsiyalar uchun ochiq davlatga aylanadi. Joriy yil AQSH Kongressi delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifini uyushtirishdan umidvormiz.

Barchangizga mustahkam sogʻlik, omad va baxt tilayman. Yana bir bor Ramazon muborak boʻlsin!”.

Xampti-Dampti instituti (Humpty Dumpty Institute, HDI) ijrochi direktori Jozef Merante AQSH Kongressi va hukumatida xorijiy davlatlar bilan hamkorlik oʻrnatish masalalarini boshqaradi.

Xalqaro notijorat tashkiloti shaklidagi mazkur institut 1998-yil Nyu-York shahrida tuzilgan boʻlib, AQSH Kongressi, Davlat departamenti va Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda BMT tuzilmalari, shuningdek boshqa nodavlat tashkilotlari bilan uzviy hamkorlikda barqaror rivojlanish, hukumatlararo va madaniyatlararo aloqalar oʻrnatish bilan bogʻliq dolzarb masalalarni hal etish maqsadida faoliyat olib boradi.

Kongressning Maslahat kengashi va AQSH Oliy taʼlim alyansi tuzilishida muhim rol oʻynagan ushbu tuzilma muntazam ravishda AQSH Kongressi vakillari palatasi aʼzolari va obroʻli senatorlarning xorijiy tanishtiruv tashriflarini uyushtiradi.