Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Joylardagi yoshlar yetakchilari Prezident vakili bo‘ladi
20:05 / 2021-11-09

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan bugungi videoselektor yig‘ilishi davomida yoshlar siyosati bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar ham muhokama qilindi.

O‘tgan yili bu borada boshlangan ishlari davomiyligini ta’minlab, mahallagacha tushadigan vertikal tizim yaratiladi.

Bunda, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, har bir mahallada viloyat hokimining yordamchisi – yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etiladi. Yoshlar siyosati eng muhim masalalardan biri ekani inobatga olinib, ushbu yoshlar Prezident vakili bo‘ladi.

Ularning asosiy vazifalari:

- “yoshlar daftari” va yoshlar dasturlarini shakllantirish va ularning ijrosini ta’minlash;

- mahalladagi har bir yoshlar bilan manzilli ishlab, ularning muammolarini hal etish;

- yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ayniqsa, “Besh muhim tashabbus” ijrosini tashkil etish;

- yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

- hokim yordamchilari bilan birgalikda yoshlarning kasb ko‘nikmalarini shakllantirish va bandligini ta’minlashdan iborat bo‘ladi.

Yoshlar ishlariga mas’ul rahbarlarga 15 noyabrdan joylarga chiqib, harbiy xizmatni o‘tagan, yoshlarni ortidan ergashtira oladigan, sadoqatli, fidoyi nomzodlarni tanlab, ularni o‘qitishni tashkil etish topshirildi.

Prezident uch oy muddatda Toshkent shahrida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha “poytaxt namunasi”ni yangidan tashkil etish bo‘yicha vazifalar qo‘ydi.

O‘zA