Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Joylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
18:14 / 2023-07-31

Shu kunlarda Oliy Majlis Senati a’zolari mutasaddi idoralar mas’ullari bilan birga hududlarda 2023/2024 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati bilan bevosita tanishmoqda.

Jumladan, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari T.Madumarov Qashqadaryo viloyatida bu borada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘rganishlar olib bordi. Xususan, senator 30 iyul kuni Shahrisabz shahrida bo‘lib, u yerda yangi ko‘p qavatli aholi turar joylari qurilish jarayonlari, qayta qurilgan “Pit stop” ko‘p funksiyali avtovokzal faoliyati bilan yaqindan tanishdi.  

Qolaversa, T.Madumarov bir nechta ob’ektlarga o‘rnatilgan quyosh panellarini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, shaharda joylashgan ko‘mir bazasida ko‘mir zaxiralari shakllantirish jarayonlari bilan tanishdi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rgandi.    

Bundan tashqari, Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi M.Qodirxonova joriy yilning 29 iyul kuni Toshkent viloyatining qator tumanlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar holatini o‘rgandi.  

Senator viloyatning Zangiota, Toshkent, Qibray tumanlarida elektr, gaz, issiqlik, ichimlik suvi, zarur ko‘mir mahsulotlari yetkazib berish, hududlardagi, xususan, turar joy binolari, ijtimoiy muassasa va korxonalardagi qozonxonalar va tarmoqlarni ta’mirlashga alohida e’tibor qaratdi. Masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga tavsiyalar berdi.    

M.Qodirxonova, shuningdek, Toshkent tumanining 4 sektorida o‘rganishlar olib bordi. Bu yerda 7 ta mahallani qish mavsumida tabiiy gaz bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida 220 metr D-200 mm, 1000 metr D-159mm, 300 metr D-76 mm lik gaz quvurlarini o‘rnatish, shu orqali 2900 xonadonning gaz ta’minotini yaxshilash rejalashtirilgan. 

Shuningdek, senator Toshkent tumanining markaziy poliklinikasi, Zangiota tumani hokimligi mas’ullari hamrohligida tuman Tibbiyot birlashmasi va 15-umumta’lim maktabida ham bo‘lib, ob’ektlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari, fuqarolarimiz uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.  

O‘zA