Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Joylarda kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik holati o‘rganildi
15:26 / 2023-11-02

Namangan shahri va tumanlarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha biriktirilgan tashkilot va muassasalar vakillaridan tashkil topgan ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yangi Namangan tumanida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov, viloyat hokimi o‘rinbosari Saidahmad Sultonov, Namangan shahar hokimi G‘ofirjon Jamolov, sektor rahbarlari, shtabga biriktirilgan viloyat, shahar boshqarma va tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Ma’lumki, viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan ishchi guruh hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, mavsumni betalofat o‘tkazish, mahallalarda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, ushbu maqsadga xizmat qiluvchi uzluksiz navbatchilik shtabi tashkil etilgan.

Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushgan murojaatlarni tezkorlik bilan yechimga keltirish chora-tadbirlarini belgilash va amalga oshirishdan iborat. Hozirda barcha kommunal sohadagi avariya guruhlari xizmatga shay holatda.

Jarayonda Yangi Namangan tumanining Ma’naviyat mahallasida hudud infratuzilmasini yaxshilash va odamlarga qulay sharoit yaratish choralari ko‘rildi. Bu yerda joylashgan ko‘p qavatli uylar infratuzilmasini yanada yaxshilash, kuz-qish mavsumiga hozirlash maqsadida tizimdagi mavjud kamchiliklar bartaraf etildi. 

Mahalladagi 2 kilometr yo‘lga asfalt yotqizildi, shuningdek, hududga 300 metr elektr tarmog‘i tortilib, transformator o‘rnatildi. Ko‘p qavatli uylarning tashqi fasad qismi bo‘yalib, zamon talablariga javob beradigan, namunali ko‘rinishga keltirildi, yerto‘lada joylashgan eskirgan suv quvurlari yangilandi. Natijada 17 ta ko‘p qavatli uyda yashayotgan 2960 nafar aholiga suv yetkazib berish sifati yanada yaxshilandi.

Tumandagi 57 ta davlat ijtimoiy soha ob’ektining issiqlik ta’minoti tizimi xususiy sektor ishtirokida modernizatsiya qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, unga ko‘ra, 78 ta yangi qozon o‘rnatish, 1667 ta radiatorlarni yangilash, 7,6 kilometr tashqi va ichki isitish tarmoqlarini ta’mirlash ishlari bajarilishi ko‘zda tutilgan.

[gallery-14357]

Viloyat hokimi va ishchi guruh tumanning Ishonch mahallasida joylashgan Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 49-alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida qilingan ishlar holatini ko‘zdan kechirdi.

Ushbu maktabda ayni paytda 90 tonnadan ortiq ko‘mir zaxirasi shakllantirilib, issiqlik tizimi to‘liq zamonaviysiga almashtirilgan.

Viloyat rahbari shahar Markaziy shifoxonasida ham bo‘lib, bu yerdagi shart-sharoitlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, qurilish ishlari va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Aniqlangan kamchilik va muammolarni tez fursatda bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, mavjud muammolarni hal etish choralarini ko‘rish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish Namangan shahri va To‘raqo‘rg‘on tumanida ham bo‘lib o‘tdi.

O‘zA fotomuxbiri
Hotam Mamadaliyev olgan suratlar