Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Joylarda klaviaturali infokiosk qurilmalari joylashtirilmoqda
16:32 / 2018-09-25

Bank xorijiy ilgʻor bank tajribalarini tatbiq qilgan holda 24/7 rejimida, kecha-yu kunduz, xodimsiz xizmat koʻrsatadigan oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish shoxobchalari tarmogʻini kengaytirishga intilmoqda.


Bank xorijiy ilgʻor bank tajribalarini tatbiq qilgan holda 24/7 rejimida, kecha-yu kunduz, xodimsiz xizmat koʻrsatadigan oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish shoxobchalari tarmogʻini kengaytirishga intilmoqda.

Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Markaziy bankiva “Qishloq qurilish bank” hamkorligidagi anjumanda bank tuzilmalari faoliyatida mijozlarga qulaylik yaratish, xizmat turlari koʻlamini kengaytirish, ayniqsa, qishloq hududlarida aholini sifatli bank xizmatlari bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilayotgani qayd etildi. Xususan, yaqinda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida faoliyat yuritayotgan “Qishloq qurilish bank” Koʻkdala filialinin yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Bank xorijiy ilgʻor bank tajribalarini tatbiq qilgan holda 24/7 rejimida, kecha-yu kunduz, xodimsiz xizmat koʻrsatadigan oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish shaxobchalari tarmogʻini kengaytirishga intilmoqda. Ulardan biri Toshkent shahridagi “Mirobod” dehqon bozoriga yaqin hududda faoliyat koʻrsatmoqda.Bu yerda zamonaviy bank xizmatlarini koʻrsatuvchi bankomatlar, infokiosk, infomonitor va “Internet banking” xizmatidan foydalanuvchi yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat koʻrsatuvchi klaviaturali infokiosk qurilmalari bilan jihozlangan.

Eʼtiborlisi, yuridik shaxslar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar bank filialiga bormasdan turib, klaviaturali infokiosk orqali “Internet banking” xizmatidan foydalanib, naqd pulsiz toʻlov amaliyotlarini bajarmoqdalar.

“Qishloq qurilish bank”jismoniy shaxslarga mikroqarz berishni joriy etdi. Mikroqarz naqd yoki qarz oluvchining nomiga ochilgan plastik kartasiga oʻtkazib berish orqali 12 oy muddatga, 1 oylik imtiyozli davr bilan keyingi 11 oyda teng taqsimlangan holda qaytarish va oylik 3 foiz ustama toʻlash sharti bilan ajratilmoqda. Muhimi, mikroqarz qayta tiklanadigan shaklda ham ajratilib, mikroqarz muddati davomida mikro qarzdan qayta foydalanish imkonini beradi.