Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Joy nomlari izohli lug‘ati
10:43 / 2025-07-17

Guliston davlat pedagogika institutida tarix fanlari nomzodi, dotsent Bahrom To‘ychiboyev tomonidan yaratilgan “Sirdaryo viloyati joy nomlari” izohli lug‘ati kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, asarda Sirdaryo viloyatidagi joy nomlari — toponimlar tarixiy, etnografik va lingvistik jihatdan ilmiy tahlil etilgan. Tadqiqot mahalliy tarixni chuqur o‘rganish, milliy merosni asrab-avaylash va uni kelajak avlodga yetkazishda muhim ilmiy manba sifatida ahamiyatlidir.

– Bu asar nafaqat toponimika sohasida, balki tarixshunoslik, xalq etnografiyasi va tilshunoslik sohalarida ham yuksak ilmiy qiymatga ega, – deydi  Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Ikrom Jo‘rayev. –Unda joy nomlarining ildizi, ularning tarixiy-ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liqligi ilmiy asosda yoritilgan. Joy nomlari xalq tafakkuri, madaniyati va tarixiy xotirasi ifodasidir. Shu jihatdan, ushbu kitob yosh tadqiqotchilar, tarix o‘qituvchilari, talabalar hamda vatan tarixi bilan qiziquvchi keng jamoatchilik uchun muhim qo‘llanma hisoblanadi.

Bahrom To‘ychiboyev — toponimika, tarixiy geografiya va moddiy madaniyat tarixi sohalarida 120 ga yaqin ilmiy nashrlar, darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, monografiyalar muallifi. “O‘lka moddiy madaniyati tarixi”, “Tarixiy geografiya”, “O‘zbekiston toponimikasi”, “Sirdaryo o‘lkasi qadimgi va ilk asrlar davri tarixiy geografiyasi”, “Sirdaryo viloyati toponimlari” kabi asarlari shular jumlasidandir.

G‘ulom Primov,  

O‘zA muxbiri