Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Joriy yilning olti oyida qancha yurtdoshimiz vatanga qaytdi?
17:01 / 2020-07-06

Joriy yilning oʻtgan davrida 110,1 mingdan ortiq doimiy yangi ish oʻrinlarini tashkil etilgan.


Joriy yilning oʻtgan davrida 110,1 mingdan ortiq doimiy yangi ish oʻrinlarini tashkil etilgan. Jumladan, pandemiya sababli xorijga ishlash uchun keta olmagan 76,2 ming fuqaroning bandligini taʼminlash choralari koʻrildi.

Bu haqida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshligʻi Temur Mahmudov maʼlum qildi.

– Oʻtgan davrda 68,7 ming fuqaro jamoat ishlariga jalb etilib, ularning ish haqi uchun 21,8 milliard soʻm Jamoat ishlari jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirib berildi, – deydi T.Mahmudov. – Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasidan subsidiyalar ajratish orqali 6,5 ming, shundan 3,9 ming fuqaro shaxsiy tomorqalarida va 2,6 ming fuqaro kooperativlarga aʼzo sifatida biriktirilib, bandligi taʼminlandi.

Shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududidagi qurilish tashkilotlariga yurtimizning boshqa hududlaridan qurilish sohasida ishlash istagida boʻlgan, ayniqsa, xorijga ishlash uchun keta olmagan 4,5 ming shaxs Toshkent shahridagi qurilish obyektlariga ishga joylashtirildi.

Qayd etish kerakki, 2020-yilning olti oyida 219 ming 657 nafar fuqaro mehnat migratsiyasidan qaytib keldi. Jumladan, 122 ming 805 nafari Rossiyadan, 63 ming 636 nafari Qozogʻiston, 7144 nafar Turkiya, 3376 nafar Janubiy Koreyadan keldi. Hozirda xorijdan qaytganlarning 201,4 ming nafari oʻrganildi va ularning 100,6 ming nafarining bandligi taʼminlandi.

Maʼlumotlarga koʻra qaytgan fuqarolarning 49,6 foizi chet davlatlarda qurilish yoʻnalishida, 11,4 foizi sanoat korxonalarida, 10,1 foizi qishloq xoʻjaligi ishlarida, 13,1 foizi savdo, 15,9 foizi boshqa yoʻnalishlarda ishlagan. Bu esa ularni oʻz yashash manzillarida ishga joylashtirish jarayonida tegishli yoʻnalishlarni belgilab olish uchun muhim faktor hisoblanadi.

Eng muhimi, Rossiyada ogʻir vaziyatda va ishsiz qolgan mehnat migrantlarini qoʻllab-quvvatlash uchun “birgamiz.com” va anketa.migration.uz veb saytlari, CALLmarkaz va telegramkanali joriy etilib, 20,2 mingdan ortiq fuqaroga ishga joylashtirish choralari kщrildi. Shuningdek, huquqiy xizmat va moddiy yordam koʻrsatildi.