Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Joriy yilning 6 oyida 1 ming 744 ta statistika ishlari bajarilgan
15:25 / 2023-07-04

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Statistika agentligi tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, statistika dasturiga muvofiq, 2023 yil yanvar-iyun oylarida jami 1 ming 744 ta statistika ishlari belgilangan muddatlarda va to‘liq hajmda, shundan 907 tasi statistika organlari tomonidan bajarilgan.    

Uslubiyatlarni takomillashtirish va sohani muvofiqlashtirish yo‘nalishida 111 ta statistika ishlari bajarilgan. Shuningdek, 46 ta xalqaro savolnoma bo‘yicha ochiq statistika ma’lumotlarining almashinuvi ta’minlangan. Bundan tashqari, 463 ta statistika ishlari rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida tayyorlangan va tarqatilgan. Rasmiy statistikani shakllantirishda statistika organlari tomonidan jami 30 ta tanlanma statistika kuzatuvlari hamda 98 ta statistika hisobotlaridan foydalanildi.  

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, Statistika agentligi o‘z faoliyatini “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonun va unga muvofiq ishlab chiqiladigan statistika dasturlari asosida tashkil etadi. Rasmiy statistika sohasida statistika kuzatuvlarini o‘tkazish, statistika ma’lumotlarini shakllantirish va tarqatish har yili milliy va xorijiy foydalanuvchilarning statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA