Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Joriy yilda yangi 106 ta oilaviy shifokor punkti va poliklinikalar tashkil etilgan
17:36 / 2022-10-26

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Tibbiyot sohasidagi eng ustuvor vazifalardan biri – malakali tibbiy xizmatlarning har bir xonadonga kirib borishini ta’minlashdan iborat. Joriy yilda yangi 106 ta oilaviy shifokor punkti va poliklinikalar, mingta mahalla tibbiyot punktining tashkil etilgani ham ana shu maqsad yo‘lidagi amaliy ishlardan ekani qayd etildi. Bu orqali 3,5 million aholiga birlamchi tibbiy xizmat yaqinlashtirildi.

Samaradorlikni yanada oshirish maqsadida ilg‘or xorijiy tajribalar asosida, aholining kafolatlangan bepul tibbiy xizmatga bo‘lgan ehtiyoj balansi ishlab chiqilgan.

O‘zA