Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Joriy yilda Ukraina hududida 8 ta ko‘p millatli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi
10:16 / 2021-02-09

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2021 yilda harbiy o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun mamlakatga xorijlik harbiylarning kiritilishi bo‘yicha rejani tasdiqladi, deyiladi “REGNUM” xabarida.

Prezident ma’muriyati matbuot xizmatidan ma’lum qilinishicha, hujjat mamlakat Konstitutsiyasida ko‘zda tutilgan mezonlarga muvofiq qabul qilingan.  

Hujjatga ko‘ra, joriy yilda Ukrainada 8 ta ko‘p millatli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi, unga 11 mingga yaqin xorij harbiylari jalb qilinadi.  

Bundan tashqari, hujjatda ukrainalik harbiylarning xorijdagi 17 ta mashg‘ulotda qatnashishi ko‘zda tutilgan.