Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Joriy yilda tug‘ilgan chaqaloqlarning qanchasi egizaklar?
16:03 / 2021-09-15

Farzand – ne’mat. Ular bilan hayotimiz to‘kis. Xalqimiz bolajon bo‘lgani uchunmi yangi tug‘ilgan mehmonni quvonch va shukronalik bilan kutib olamiz. Egiz chaqaloqlar tug‘ilib qolgudek bo‘lsaku, quvonchdan o‘zimizga sig‘may ketamiz.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lum qilishicha, joriy yilda 1 iyul holatiga ko‘ra  yurtimizda 390,7 ming tug‘ilish qayd etilgan. Buni qarangki, shundan 8 ming 527 nafari egiz tug‘ilganlar ekan.  

Hududlar kesimida taqqoslaganda eng ko‘p egiz chaqaloqlar tug‘ilishi Samarqand viloyatida (1ming 100 nafar), eng kami esa Navoiy viloyatida (283 nafar) qayd etilgan.

 

Mohigul Qosimova, O‘zA