Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Joriy yilda Qirg‘izistonda qancha bug‘doy yig‘ishtirib olinishi ma’lum qilindi
19:06 / 2022-07-19

Bu yil Qirg‘iziston bug‘doy hosilini 700 ming tonnaga yetkazadi, deb ma’lum qildi Bishkekda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi va hududlarni rivojlantirish vaziri Askarbek Jonibekov.

Uning ta’kidlashicha, mamlakatning bug‘doyga bo‘lgan ehtiyoji 768 ming tonnani tashkil etadi.

«Vazirlik rejasi bo‘yicha bu yil bug‘doy bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichining 65 foizi ichki ishlab chiqarish hisobiga amalga oshiriladi. Hisob-kitob bo‘yicha bu yil bug‘doy hosili 362,7 ming tonnadan 708,1 ming tonnagacha ortadi», – dedi Jonibekov.