Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Joriy yilda “Oybek”, “Bekobod” va “Farhod” chegara bojxona postlari orqali 468 million AQSH dollari olib o‘tilgan
10:28 / 2022-11-09

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari I.Muxtorov Bekobod shahrida bir guruh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbirda asosiy e’tibor bojxona tartib-taomillarini amalga oshirishda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari duch kelayotgan muammo va to‘siqlarni joyida bartaraf etishga qaratildi.

Mamlakatimizda eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda, xususan soddalashtirilgan bojxona tartibotlari keng qo‘llanilmoqda.  

Buning natijasida, joriy yilning 10 oyi davomida Bekobod shahrida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlarning 52,3 million AQSH dollari qiymatidagi mahsulotlari “eksport” bojxona rejimiga rasmiylashtirildi.  

Eksportdan kelib tushayotgan naqd valyuta tushumlarining bojxona rasmiylashtiruvi ham hech qanday to‘siq va muammolarsiz amalga oshirilmoqda.  

Yil boshidan 5 noyabrga qadar mazkur hududdagi “Oybek”, “Bekobod” va “Farhod” chegara bojxona postlari orqali naqd shaklda salkam 468 million AQSH dollari olib o‘tilgan, shundan salkam 466 million AQSH dollari respublikamizga olib kirilgan.  

Biroq, bojxona sohasida joriy qilinayotgan yengilliklar va qulayliklardan to‘g‘ri foydalanmasdan, o‘zining g‘ayriqonuniy niyatlarini amalga oshirayotgan shaxslar ham uchrab turibdi. Afsuski, ushbu shaxslar o‘zlarining qing‘ir xatti-harakatlarini “eksportni rivojlantirish” niqobi ostida xaspo‘shlashga urinib, davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini obro‘sizlantirish orqali jamoatchilikni chalg‘itishga urinishayotgani yig‘ilishda atroflicha muhokama qilindi.  

 

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA