Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Joriy yilda ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalasida 1 milliondan ziyod ariza tushgan
14:48 / 2022-12-29

Milliy matbuot markazida Davlat kadastrlari palatasi tomonidan 2022 yilda amalga oshirgan ishlar va istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda ko‘chmas mulk ob’ektlari hisobini va davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar hamda sohadagi kelgusi rejalar xususida ma’lumotlar berildi.  

Qayd etilganidek, respublikamizning jami yer maydoni 44 million 892 ming 400 gektarni tashkil etadi. Jumladan, qishloq xo‘jaligi 27 148,5 ming gektar, aholi punktlari 224,1 ming gektar, sanoat, transport, aloqa mudofaa 879,6 ming gektar, tabiatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan yerlar 731,6 ming gektar, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar 14,6 ming gektar, o‘rmon fondi 12 057,3 ming gektar, suv fondi 827,1 ming gektar hamda zaxira yerlar 3 009,6 ming gektarni tashkil etadi.  

Jami yer maydonidan 41,9 million gektarining “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi”da elektron xaritasi yaratilib, kadastr axborot tizimiga kiritilgan.  

Tadbirkorlik faoliyati uchun ajratilgan 5 ming 745 gektar yer uchastkalari “Yerelektron” tizimiga kiritildi. Kadastr ma’lumotlar bazasi 26 ta davlat tashkilotlari va boshqa idoralar bilan integratsiya qilingan.  

Ko‘chmas mulk bazasidagi ob’ektlar soni joriy yilda 8 ming 170 mingtani tashkil etadi. Yil davomida Davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali kadastr pasportini shakllantirish masalasida jami 755 mingta ariza kelib tushgan.  

2022 yil davomida Davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali Ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalasida jami 1 million 17 ming 100 ta ariza kelib tushgan, shundan 783 ming 700 tasi ijobiy hal etilgan.  

 

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA