Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning birinchi yarim yilligida respublikamiz bo‘yicha 95 ming 275 ta nikoh holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.
Qayd etilgan nikohlarda erkaklar va ayollarning yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanganda erkaklar o‘rtasida 20 yoshgacha – 1,4 foiz, 20-30 yosh – 79,3 foiz, 31-40 yosh – 13,2 foiz va 41 yosh va undan kattalar – 6,1 foizni tashkil etmoqda.
Ayollar o‘rtasida esa 20 yoshgacha – 34 foiz, 20-30 yosh – 54,2 foiz, 31-40 yosh – 9,1 foiz, 41 yosh va undan kattalar – 2,7 foizni tashkil etgan.
Qayd etilgan nikohlarning hududlar kesimidagi soniga ahamiyat beradigan bo‘lsak, bunda Samarqand viloyati 10,5 mingta bilan peshqadamlik qilmoqda.
Shuningdek, bu ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 5,7 mingta, Andijon viloyatida – 7,6 mingta, Buxoroda – 5,7 mingta, Jizzax – 3,6 mingta
Qashqadaryo – 9,6 mingta, Navoiy – 2,7 mingta, Namangan– 6,2 mingta
Surxondaryo viloyati – 8 mingta, Sirdaryo – 2,4 mingta, Toshkent – 7,2 mingta
Farg‘ona – 9,8 mingta, Xorazm – 6,9 mingta hamda Toshkent shahrida 9,4 mingtani ko‘rsatmoqda.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA