Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Joriy yilda 8 ta yerosti piyodalar o‘tish yo‘li ishga tushdi
11:26 / 2023-12-27

Buxoro shahridagi Muhammad Iqbol ko‘chasida – Buxoro davlat universiteti oldida bunyod etilgan zamonaviy uslubdagi yer osti piyodalar o‘tish yo‘li foydalanishga topshirildi.

Marosimda viloyat hokimi Botir Zaripov so‘zga chiqdi.  

O‘tgan oylarda bosqichma-bosqich aholi serqatnov bo‘lgan to‘rtta hududda yer osti yo‘llari qurib foydalanishga topshirilgan edi. Bugun yana to‘rtta yer osti yo‘li ochildi. Bu bilan buxoroliklarga xizmat ko‘rsatayotgan o‘ziga xos me’moriy yechimga ega yerosti piyodalar o‘tish yo‘llari soni 8 taga yetdi.

Yer osti o‘tish yo‘llari o‘ziga xos me’moriy yechimga ega,  milliylik va zamonaviylik uyg‘unlashgan holda qurilgan.

Yana bir yerosti yo‘li – Buxoro shahrining eng gavjum va tirband nuqtalaridan biri bo‘lgan Qayum Murtazoyev ko‘chasida, markaziy dorixona binosi oldida qurildi.  

Nafaqat Buxoro shahrida, balki shaharlararo yo‘llarda avtomobil transporti vositalari harakatining ko‘paygani hisobiga yo‘llar me’yoridan ortiq yuklama bilan ishlayotgani bois, tez-tez tirbandliklar vujudga kelayotir.

Jondor, Qorako‘l, Olot tumanlariga ketiladigan “Jondor” avtoshohbekati ro‘parasida ham qulay va zamonaviy uslubdagi yer osti piyodalar o‘tish yo‘li barpo qilindi.

[gallery-15220]

Ma’lumot uchun: o‘rganishlar va talablardan kelib chiqqan holda shaharning gavjum nuqtalarida yer osti piyodalar o‘tish yo‘llari sonini yanada ko‘paytirish, bu bilan yo‘lovchilar xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, avtotransport vositalari harakatini tartibga solish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Viloyatda kelgusi 2024 yilda yana 15 ga yaqin gavjum chorraha va tirband yo‘l bo‘yida yer osti va usti piyodalar o‘tish yo‘llarini barpo etish ko‘zda tutilmoqda.

Tadbirlarda yer osti piyodalar o‘tish yo‘llari qurilishida alohida jonbozlik ko‘rsatgan yo‘lsoz va muhandis-quruvchilar mehnati alohida e’tirof etildi.  

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat),

O‘zA muxbirlari