Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Joriy yilda 30 million aholi tabiiy ofatdan xavfsirab o‘z uy-joyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan
15:37 / 2021-10-29

Yer sayyorasidagi iqlim o‘zgarishlari hozirdanoq ko‘pgina mamlakatlar aholisi uchun o‘zining halokatli oqibatlarini namoyon qilmoqda.

Joriy yilda dunyodagi 30 million aholi tabiiy ofat, xusuman, qurg‘oqchilik, o‘rmon yong‘inlari yoki suv toshqinlaridan xavfsirab o‘z uy-joyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan.  

“Bu ziddiyat va tajovuzlardan qochib boshqa joyga ketgan 8,9 million kishiga nisbatan anchagina ko‘p miqdorni tashkil qiladi”, deyiladi Jenevada e’lon qilingan Qizil xoch va Qizil yarim oy  Xalqaro qo‘mitasi hisobotida.  

Ta’kidlanishicha, tashkilotga a’zo 192 davlatda odamlar tabiiy ofatga duchor bo‘lgan, nafaqat rivojlanayotgan davlatlar, balki AQSH va Xitoyda ham gumanitar ko‘makka muhtojlar soni ortmoqda. AQSHda iqlim bo‘yicha qochoqlar 2020 yilda  1,7 million, Xitoyda esa 5,1 million ekani qayd etilgan.