Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Joriy yilda 2 milliard so‘mdan ortiq tamaki mahsulotlarining kontrabandasiga chek qo‘yildi
17:13 / 2022-12-05

Toshkentda bojxonachilar tomonidan yirik miqdordagi tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga karshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyati hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.  

Tungi soat 21:00. Tezkor kuzatuvga olingan fuqaro boshqaruvidagi yuk avtotransport vositasi “Sirdaryo” yo‘l patrul maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.  

Natijada transport vositasining yukxonasida yuklar orasiga 2 turdagi 4 ming 390 quti tamaki mahsulotlari mohirlik bilan yashirilgani fosh bo‘ldi.  

Xorijda ishlab chiqarilgan, ammo aksiz markasi hamda raqamli kod markirovkalari bilan markalanmagan mazkur tamaki mahsulotlarining umumiy qiymati 91 million so‘mni tashkil qilmoqda.  

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida poytaxt bojxonachilari tomonidan 16 ta holatda qiymati 2 milliard 266 million so‘mlik 147 ming quti tamaki vositalarining noqonuniy aylanuviga chek qo‘yilgan. 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.  

O‘zA