Mamlakatimizda qulay investitsiya muhit yaratilgan bo‘lsada, davlat ulushi saqlanib qolayotgan ayrim tarmoqlar va yirik korxonalarda bozor mexanizmlariga o‘tishning kechikayotganligi yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va yangi ish o‘rinlari yaratishga to‘sqinlik qilmoqda.
Biznes-ombudsman matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholini ishbilarmonlikka keng jalb etish davlat aktivlarini xususiylashtirish, mahsulot hajmi va ish o‘rinlarini ko‘paytirish, soliq bazasini kengaytirish borasida qator ishlar qilinmoqda. Xususan, "Farg‘ona tadbirkori – Farg‘onada islohotchi" konsepsiyasi doirasida barcha hududlardagi davlat mulki ob’ektlarini sotilishi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda tasdiqlangan “Yo‘l xarita"ga asosan “E-IJRO-AUKSION” elektron savdo maydonchasi savdolari orqali sotilishi lozim bo‘lgan ob’ektlar o‘rganildi.
O‘rganishlar natijasida davlat mulki ob’ektlarini elektron savdolarga chiqarish yuzasidan Biznes-ombudsman qo‘llagan ta’sir choralar natijasida 150 ta davlat mulki ob’ektini elektron savdoga chiqarish, investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarini belgilash bo‘yicha investorlarga berilishi yoki mazkur ob’ektlardan samarali foydalanish yuzasidan yo‘l xaritasini tasdiqlash choralari ko‘rildi.
Natijada 93 ta davlat mulki ob’ektidan 64 tasi elektron savdoga chiqarildi, 6 tasi davlat xususiy sherikchiligi asosida tadbirkorlarga berilgan bo‘lsa qolgani samarali foydalanish uchun mutasaddi idoralarga berildi. Yana oltmishga yaqin davlat mulki ob’ektlarini elektron savdoga chiqarish bo‘yicha ish olib borilmoqda.
Xususan, Farg‘ona viloyatida 2020 yilda 193 ta davlat ko‘chmas mulki ob’ektini sotish belgilangan bo‘lsa, shundan 92 ta davlat mulki ob’ekti auksion savdolariga chiqarilgan. Yuzga yaqinidan 27 tasi davlat mulki ob’ektlar (avval ijtimoiy sohaga tegishli bo‘lgan) hamda 74 tasi davlat ulushi mavjud xo‘jalik jamiyatlariga tegishli ob’ektlar hisoblanadi.
Biznes-ombudsman 27 ta davlat mulki ob’ektini savdoga chiqarish uchun mahalliy hokimliklar balansiga topshirish bo‘yicha vazirlik va idoralarga (Xalq ta’limi, Uy-joy kommunal, Sog‘liqni saqlash, Maktabgacha ta’lim, Madaniyat vazirliklar) taqdimnomalar kiritdi hamda ushbu ob’ektlarning barchasini elektron savdolarga chiqarishga erishdi.
Savdoga chiqarilib, sotilgan davlat aktivlari bo‘yicha 12,9 milliard so‘mga investitsiya kiritilib, 310 ortiq ish o‘rni yaratiladi.
O‘zA