Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Joriy yilda 100 kilogramdan ortiq sintetik giyohvandlik moddalarning olib o‘tilishiga chek qo‘yilgan
17:35 / 2022-11-08

Joriy yil 1 noyabr kuni Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yo‘l chegara bojxona postida “Almati-Toshkent” yo‘nalishida kirib kelgan halqaro yo‘lovchi poyezdi vagonlari birin-ketin bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Vagonlardan biridagi yo‘lovchining bezovtalanishi bojxona xodimlarining diqqatini tortgani sababli unga tegishli qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Eng avvalo mamlakatimizga sayyoh sifatida kelayotgan shaxsning o‘zi bilan 5 dona shampun olib kelayotganligi xodimlarni shubhalantirdi. Eng shubhalisi esa shampunlar ochib ko‘rilganida negadir o‘zidan odatdagi xushbo‘y hidni taratmas edi. Shuningdek, qo‘l yuklari orasida polietilen paketga solingan och pushti rangli kristalsimon moddalar ham shubhalarni yanada oshirdi.

Shundan so‘ng, mazkur 5 quti shampun ekspertizaga taqdim qilindi va olib borilgan tahlil natijalaridan so‘ng shampun qutilaridagi modda sintetik giyohvandlik vositasi ekanligi fosh bo‘ldi. “Alfa-PVP” deb nomlanadigan mazkur moddaning umumiy hajmi 910 gramni tashkil qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, respublikamiz bojxonachilari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida aniqlangan 36 ta qonunbuzilish holatlarida umumiy og‘irligi 100 kgdan ortiq bo‘lgan sintetik giyohvandlik moddalarning noqonuniy olib o‘tilishi va yashirin aylanmasiga chek qo‘yilgan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zA